Karmanada traktor gaz quvurini urib yubordi, oqibatda 660 ta xonadon gazsiz qoldi
Karmana tumanidagi gaz quvurini traktor urib yuborishi natijasida ayrim isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatildi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Navoiy viloyati Karmana tumani “Azamat” MFYdagi oʻrta bosimli gaz quvurini traktor urib yuborishi natijasida gaz sizib chiqish holati kuzatilgan.
Natijada 14-noyabr kuni soat 15:30 dan boshlab hududdagi 660 ta aholi xonadonlari va 2 ta ulgurji isteʼmolchilarda gaz taʼminoti vaqtincha toʻxtatilgan.
“Ayni vaqtda tuman gaz taʼminoti boʻlimining avariya brigadasi tomonidan taʼmirlash ishlari olib borilmoqda. Taʼmirlash ishlari yakunlangandan soʻng gaz taʼminoti qayta tiklanadi”, — deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring