Kardiologlar “iPhone 12” sogʻliq uchun zararli ekanini tasdiqlashdi

18:22 09 Fevral 2021 Dunyo
1353 0

AQSHlik kardiologlar “iPhone 12”ning yurak xastaligi bor bemorlar uchun xavfliligini tasdiqlashdi. Bu haqda “NBC25 News” telekanali xabar bermoqda.

Manba aytilishicha, Detroytdagi Genri Ford nomidagi yurak va qon tomir instituti mutaxassislari tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotda yangi “iPhone 12”larning sogʻliq uchun xavfliligi maʼlum boʻlgan. Shifokorlarning taʼkidlashicha, “Apple” smartfonlarida joylashgan magnit implantatsiya yoʻli bilan oʻrnatilgan yurak stimulyatori va defibrilatorlarning ishlashiga salbiy taʼsir qiladi.

Eksperiment doirasida doktor Gurjit Singx va uning hamkasblari defibrilator oʻrnatilgan bemorning koʻkragi ustida “iPhone 12 Pro”ni ushlab turishdi. Natijada jarrohlik yoʻli bilan oʻrnatilgan tibbiy uskunalarning ishlashida muammolar paydo boʻlgan.

“Telefonni koʻkrakdan olganimizda, defibrilator darhol normal ishlashga qaytdi”, deydi doktor Singx.

Mutaxassisning soʻzlariga koʻra, ekspertlar guruhi qurilmaning ushbu “qobiliyati”dan hayratda qolishgan.

“Biz ”iPhone“dagi magnitni tibbiy asbobga taʼsir eta olmaydigan darajada kuchsiz deb taxmin qilardik”, deydi ushbu holatga izoh bergan mutaxassis.

Ushbu tadqiqot yakunida mutaxassislar smartfonlar yurak xastaligi bilan ogʻrigan odamlarga zarar yetkazishi mumkin, degan xulosaga kelishdi.

Shu bois shifokorlar yurakda jarrohlik amaliyoti oʻtkazgan odamlar “iPhone 12” smartfonlarini koʻylak yoki paltoning yuqori choʻntagida olib yurmaslikni, shuningdek, ularni koʻkrakka qoʻymaslikni tavsiya qilishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер