Karantinda kontraktini toʻlashga ulgurmagan talabalar oʻqishdan chetlatilmaydi

14:13 02 May 2020 Iqtisodiyot
1258 0

OTMi rahbariyati bitiruvchi kurs talabalariga kontrakt pullarini toʻlash kerak, demoqda. Agar toʻlanmasa, talaba yakuniy nazoratlarga kiritilmaydi va unga bitirganlik toʻgʻrisidagi diplom berilmaydi, deb eshitdim. Shu toʻgʻrimi? Ushbu savolga Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri Inom Majidov javob berdi.

“Karantin davrida oʻquv yili uchun toʻlov-kontrakt pullarini toʻliq toʻlashga ulgurmagan talabalar oʻqishdan chetlatilmaydi. Bu bitiruvchi kurs talabalariga ham taalluqli.

Har bir oliy taʼlim muassasasi oʻzining moliyaviy imkoniyatidan kelib chiqib, kontarkt toʻlovi muddatini mustaqil uzaytirish vakolatiga ega.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, toʻlovlarni toʻliq amalga oshirmagan bitiruvchi kurs talabalari shartli ravishda, istisno tariqasida, yakuniy nazoratlarga kiritilishi mumkin.

Lekin ularga oʻquv yili uchun belgilangan toʻlovni toʻliq amalga oshirganlaridan soʻng oliy taʼlim muassasasini tugatganligi toʻgʻrisidagi tegishli diplom beriladi”, deydi Majidov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер