Karantin vaqtida foydalanilmagan mol-mulk uchun ijara haqi toʻlash majburiymi?

12:12 08 Aprel 2020 Iqtisodiyot
1778 0

arxiv foto

Xususiy tadbirkorman. Ijara shartnomasi boʻyicha ijradagi mol-mulkdan karantin vaqtida foydalanmasa, ijara haqini toʻlash majburiymi? Ushbu savolga Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi Gʻaybullo Primov javob berdi.

“Ijaraga oluvchi ijara haqini shartnomada koʻrsatilgan muddatda, shartnomada belgilangan tartibda toʻlashi lozim. Karantin vaqtida foydalanmaganlik uchun haq toʻlanmasligi boʻyicha ijara shartnomasining taraflari oʻzaro kelishuvi yoki shartnomada nazarda tutilgan tartib asosida hal etilishi mumkin.

Shuningdek, Prezidentimizning 2020-yil 3-apreldagi Farmonlariga koʻra, karantin tadbirlari davrida oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovlarini hisoblash va undirish toʻxtatilgan”, deydi Primov.

Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunga qadar koronavirus aniqlanganlar 534 nafarga yetdi. Ulardan 30 nafari butunlay sogʻaydi, 3 kishi vafot etdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер