Karantin sabab oʻquv yili muddatidan oldin yakunlanadimi?

15:10 02 May 2020 Jamiyat
1282 0

10-maydan hamma oʻqituvchilar mehnat taʼtiliga chiqadi, degan gap qanchalik rost? Oʻquv yili muddatidan oldin yakunlanishi mumkinmi? Ushbu savolga Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov javob berdi.

“10-maydan oʻqituvchilar mehnat taʼtiliga chiqishi haqidagi maʼlumotlar asossiz.

Shu oʻrinda, hozirda taʼtilda boʻlgan tizim xodimlari bor. Ularning taʼtil muddati yakunlanmoqda. Bu masala boʻyicha yaqin kunlarda hukumat qarori qabul qilinishi kerak. Qaror chiqqanda qoʻshimcha izoh beriladi”, deydi Shermatov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер