Karantin qoidalariga amal qilinmasa qanday javobgarlikka tortilishi mumkin?

15:16 21 Mart 2020 Jamiyat
1709 0

Adliya vaziri oʻrinbosari Akbar Toshqulov: Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik bor.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 53-moddasi:

- Sanitariya qonun hujjatlarini, sanitariya normalarini, qoidalarini va gigiyena normativlarini buzganda fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining bir baravaridan uch baravarigacha (223 ming soʻmdan 669 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa — besh baravaridan oʻn baravarigacha (1 mln 115 ming soʻmdan 2 mln 230 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 54-moddasi:

- Karantinli va inson uchun xavfli boʻlgan boshqa yuqumli kasalliklar paydo boʻlishi yoki tarqalishining oldini olish maqsadida belgilangan majburiy qoidalarni buzganda fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha (669 ming soʻmdan 1 mln 115 ming soʻmgacha), mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oʻn besh baravarigacha (2 mln 230 ming soʻmdan 3 mln 345 ming soʻmgacha) miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 257-1-moddasi:

- Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish, odamlarning ommaviy kasallanishiga olib kelsa 11 mln 150 ming soʻmdan 22 mln 300 ming soʻmgacha miqdorda jarima solish yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish odamning oʻlimiga sabab boʻlsa, 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Oʻsha qilmish odamlarning oʻlimiga sabab boʻlsa, 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер