Karantin paytida qanday vaziyatda shaxsiy mashinadan foydalanish mumkin? 

15:37 17 Aprel 2020 Jamiyat
3104 0

Karantin paytida qanday vaziyatda shaxsiy mashinadan foydalanish mumkin? 
Bugun AOKA huzuridagi shtabda Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohrux Gʻiyosov ishtirokida brifing oʻtkazildi.

Brifingda bildirilgan muhim maʼlumotlar bilan quyida tanishishingiz mumkin:

- Davlat sogʻliqni saqlash tizimiga kiruvchi tashkilotlarning xizmat va xodimlarning shaxsiy avtotransporti (1 band);

- Xususiy tibbiyot tashkilotlari (xususiy klinika, dorixona va boshqa tibbiyot tashkilotlari)ning faqat xizmat avtotransportiga (2 band) STIKERSIZ harakatlanishiga yengillik yaratildi.

-Bunda haydovchi yonida mazkur tashkilotda ishlashini tasdiqlovchi mehnat daftarchasi nusxasi va karantin davrida ishga jalb etilgani toʻgʻrisida tashkilotdan biror hujjat boʻlishi shart!

-Agar shu ikkita hujjat boʻlmasa, harakatlanishga HAQQINGIZ YOʻQ.

Yana bir qulaylik: Siz transportda birga ishlovchi xodimlarni olib yurishingiz MUMKIN, faqat ular oʻzlari bilan uchta hujjat — pasporti, mehnat daftarchasi va tashkilotdan maʼlumotnoma olib yurishlari shart!

- Begona odamlarni transportga oʻtkazish, qoidabuzarlik hisoblanadi.

- Agar kasalxonaga borishingiz zarur boʻlsa, tez yordam mashinasini chaqirtirish tavsiya etiladi.

- Kechiktirib boʻlmaydigan tez tibbiy yordam koʻrsatish zarur boʻlsagina, shaxsiy mashinadan foydalanish MUMKIN.

- Yoʻlovchi tashish faoliyati bilan shugʻullanish litsenziyasiga ega boʻlgan yoʻnalishsiz taksilar (bunga shaxsiy avtotransport ham kiradi) oʻzlarining roʻyxatdan oʻtgan maʼmuriy hududi doirasida va yoʻlovchilarsiz FAQAT YETKAZIB BERISH xizmatini koʻrsatish maqsadida harakatlanishlari mumkin.

- Bu toifadagi haydovchilar oʻzlari bilan yoʻlovchi tashish huquqi boʻlgan litsenziyasini hamda kuryerlik xizmatidan ishga jalb etilganligi haqida maʼlumotnoma olib yurishlari shart.

- Oʻta zarur holatda, yaʼni inson hayotiga xavf tugʻdiradigan holatlarda va kechiktirib boʻlmaydigan tibbiyot muolajalarini olayotgan bemor yoʻlovchilarni tashish mumkin.

- Kommunal xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar maxsus avtotransport vositalari haydovchisi va passajir oʻzi bilan mehnat daftarchasi nusxasini va aynan karantin davrida ishga jalb etilganligi haqida tashkilotdan biror-bir hujjat olib yurishi kerak.

- Yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari har bir avtotransportni vizual koʻzdan kechirib, avtotransport yoʻnalishi va aniq manzili yuzasidan tushuntirishlar soʻrashadi.

- Shuningdek, eslatib oʻtamiz, stiker, Sizga karantin davrida harakatlanish huquqini beradi, lekin barcha hujjatlaringiz joyida va toʻliq boʻlishi kerak!

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер