Karantin 15-avgustdan keyin yumshatiladimi?
15-avgustdan keyin Oʻzbekistonda karantin cheklovlari yumshatiladimi? Ushbu savolga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Habibulla Oqilov javob berdi.
“Oldimizda sal kam ikki hafta vaqtimiz bor. Agar ikki hafta davomida xuddi shu dinamika qayd etilsa, yaʼni oʻtgan kunlarda kasallik qayd etilishi 700 dan oshgan boʻlsa va bugun 513 taga tushgan boʻlsak, keyingi kunlarda 500, 450 qayd etilib, shu raqamlar atrofida kasallik aniqlansa, albatta, 15-avgustdan keyin karantinni yumshatsa boʻladi. Va biz ushbu taklif bilan Respublika maxsus komissiyasiga chiqishimiz mumkin”, deydi Oqilov.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring