Kanadalik olimlar bemorlarda hid bilish qobiliyatini tiklash yoʻlini topdi
Illustrativ foto
Hid bilish qobiliyatining yoʻqolishi tibbiyotda anosmiya deb ataladi. Keyingi ikki yilda bu holat koʻproq koronavirusga chalingan kishilarda kuzatilmoqda.
Kanadalik olimlar bemorlarda ana shu qobiliyat tiklanishiga “masʼul” oltita genni aniqlashga muvaffaq boʻldi.
Mutaxassislar fikricha, hid bilmaslik Parkinson, Alsgeymer, demans kabi xastaliklar belgisi va miya jarohatlari asorati boʻlishi mumkin. Ammo bu qobiliyatning toʻlaqonli izga tushishi uchun maxsus mashqlar va vitaminlar muolajasi har doim ham yetarli boʻlmaydi.
Eʼtiborli jihati, yangi topilgan genlarning har biri faoliyatini tiklash uchun allaqachon dori-darmonlar yaratilgan. Bu yogʻiga ana shu mahsulotlar tarkibi va taʼsir kuchini umumlashtiruvchi universal preparat ishlab chiqarilishi zarur.
Shu maʼnoda, olimlarning mazkur tadqiqoti kelgusida anosmiyani tez va samarali davolash borasida zamonaviy tibbiyotga yangi imkoniyatlarni taqdim etishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring