Kamondan otish: tarixda ilk bor Oʻzbekiston terma jamoasi Olimpiada litsenziyasini qoʻlga kiritdi
Bangkokdan xushxabar. Kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Tailandda oʻtayotgan Parij-2024 litsenzion turnirida Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
Ayollar oʻrtasida yakkalik dasturida bahs olib borgan Ziyodaxon Abdusattorova finalgacha yetib borib, Olimpiada ishtirokchisiga aylandi. Reglamentga koʻra, yakkalik yoʻnalishida oʻtayotgan ushbu turnirda finalchilar Parij-2024 yoʻllanmasiga ega boʻlishadi.
Shu tariqa, kamondan otish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor Olimpiada yoʻllanmasiga sazovor boʻlmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring