Kamerunning katta qismi elektr taʼminotisiz qoldirdi
Kamerunda elektr uzilishi oqibatida mamlakatning 10 ta hududidan oltitasi, jumladan, eng yirik shaharlari ham elektr energiyasiz qoldi.
“Global uzilishga yuqori voltli liniyada kuchli chaqmoq urishi sabab boʻlgan. Bu esa “domino effekti”ga olib kelgan”, deyiladi uzatish kompaniyasi xabarida.
Shuningdek, Kuba mamlakat bosh issiqlik elektr stansiyasidagi avariya tufayli deyarli toʻliq quvvatsiz qolmoqda. 10 million kishi elektrsiz qolgan. Gavana va boshqa shaharlarda koʻchalarda yorugʻlik yoʻq, svetoforlar ishlamaydi. Odamlar sham va chiroqlardan foydalanmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring