Kaliforniyada oʻrmon yongʻinlari rekordni yangiladi
Kaliforniyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda. Rasmiylar deyarli 1,5 million gektar oʻrmon yonayotganligi haqida xabar berishgan.
Bu 2018- yilgi rekorddan ikki baravar koʻp degani.
Yongʻinlar natijasida 6 kishi halok boʻlgan. Hozircha yongʻinning asosiy sababi issiqlikning haddan ziyod yuqori darajada ekanligida deb aytilmoqda.
Yongʻinlar butun Kaliforniya boʻylab tarqalganligi bois tunda shaharlar olov rangda koʻrinyapti.
Shuningdek, AQSHning gʻarbiy sohilidagi uchta shtatida alangalangan 96 ta yirik yongʻin 1,375 million gektar maydonda egallab oldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring