Kaliforniya gubernatori Trampni sudga bermoqchi
Foto: AP
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom AQSH Milliy gvardiyasining Los-Anjelesga joylashtirilishi sababli AQSH prezidenti Donald Trampni sudga berishini aytdi.
“U Milliy gvardiyani oʻz qoʻliga olishini eʼlon qilganidan beri olovga yogʻ quymoqda — noqonuniy harakat, axloqsiz harakat, konstitutsiyaga zid harakat. Va biz bu nazariyani ertaga sud jarayoni bilan sinab koʻramiz”, — deydi Nyusom MSNBC telekanaliga bergan intervyusida.
Shtat rahbarining qoʻshimcha qilishicha, prezident bunday qarorni shtat gubernatori bilan kelishishi kerak, biroq Tramp bundan qilmagan.
Avvalroq, Nyusom AQSH mudofaa vaziri Pit Xegsetdan Milliy gvardiyani joylashtirish qarorini bekor qilishni talab qilgan edi.
Shu yilning 8-iyun kuni AQSH Qurolli kuchlari Oq uy rahbari Donald Trampning immigratsiya siyosatiga qarshi norozilik namoyishlari tufayli Los-Anjelesga Milliy gvardiya yuborilganini tasdiqlagan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring