Kadrlar ishi raqamlashtirildi — Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi
Taʼkidlash joizki, ayni paytda HRM.ARGOS.UZ axborot tizimiga 4 mingdan ortiq davlat idoralari ulandi.
Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi maʼlum qildi.
Xoʻsh, tizim qanday imkoniyatlarga ega?
Jumladan:
— Qogʻoz sarfini kamaytiradi;
— Vaqtni tejaydi;
— Kadrlar bilan ishlash jarayonini tezkor boshqarish imkonini beradi;
— Axborot xavfsizligini taʼminlaydi;
— Davlat organlari va tashkilotlarining barcha xodimlari boʻyicha yagona markazlashtirilgan maʼlumotlar bazasini shakllantiradi.
Bugunga qadar tizimga 4 mingdan ortiq tashkilotlar ulangan. Shuningdek, platforma samarali ishlashi uchun “kadrovik”lar bilan tizimli ishlar olib borilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring