Kadastr tizimida “tozalash ishlari” boshlandi

09:41 13 Iyul 2020 Jamiyat
1161 0

Davlat idorasida ishlayotgan har bir inson oʻz zimmasiga katta masʼuliyatni oladi. 

Xalqimizga beminnat, halol mehnat qilish va bu orqali ularning ishonchini qozonishdan koʻra lavozimini suiisteʼmol qilib, oʻz ishiga masʼuliyatsizlik va sovuqqonlik bilan qarayotgan, tizim idoralarida yetarli darajada ishni tashkil etmasdan, aksincha oʻz nafsini oʻylaganlar ming afsuski oramizda mavjud.

Har bir davlat idorasi bundaylardan holi maydonga aylanmas ekan xalq ishonchini qozonib boʻlmaydi.

10-iyul kuni kadastr yoʻnalishida ham yuqorida taʼkidlab oʻtilgan holatlarga yoʻl qoʻygan respublika, viloyat va tuman miqyocidagi 7 nafar rahbar egallab turgan lavozimidan ozod etildi, deb xabar berdi Davergeodezkadastr qoʻmitasi axborot xizmati.

Qayd etilishicha, bu boshlanishi! Sohaning rivojiga toʻsiq boʻlayotgan har bir muammoni yechish qoʻmita oldida turgan pirovard maqsad boʻlib, mana shunday xodimlar doimiy nishonda boʻladi.

"Hurmatli fuqarolarimiz va tadbirkorlarimiz. Agarda Siz yuqorida aytib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha korrupsion holatlarga duch kelsangiz, bizga (telegramm bot @ygkuzbot, elektron pochta 01@ygk.uz) xabar bering" deya taʼkidlaydi qoʻmita.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер