YPX xodimi qoidani buzdi
Ijtimoiy tarmoqda “YPX xodimi qoidani buzdi” sarlavhasi ostida tarqalgan video lavha yuzasidan maʼlumot berildi.
Joriy yilning 2-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqda “YPX xodimi qoidani buzdi” sarlavhasi ostidagi video lavha tarqaldi.
Video lavhada Jizzah shahrida viloyat IIB YHXBga tegishli boʻlgan “Lasetti” rusumli, 25 226 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomashinasi piyodalar oʻtish joyidan oldin chizilgan 1.1 (qarama-qarshi yoʻnalishlarda harakatlanayotgan transport oqimlarini ajratadi, yoʻlning xavfli joylaridagi harakatlanish boʻlagi chegarasini bildiradi, yoʻlning kirish taqiqlangan qismi chegarasini belgilaydi, transport vositalarining toʻxtab turish joyi chegarasini hamda avtomagistral qatoriga kiritilmagan yoʻlning qatnov qismi chegarasini bildiradi, chiziqni bosib oʻtish taqiqlanadi, qatnov qismining chetini bildirish uchun qoʻllanilgan 1.1 chizigʻi bundan mustasno) yoʻl yotiq chizigʻini bosib harakatlanganligi aks etgan.
Holat oʻrganildi va “Lasetti” rusumli, 25 226 VSF davlat raqam belgili maxsus xizmat avtomashinasi biriktirilgan haydovchi xodimga nisbatan belgilangan tartibda chora koʻrildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring