Yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish chorasi koʻrilyapti

15:10 21 Dekabr 2022 Jamiyat
523 0

Foto: Xalq so‘zi

Ob-havoning keskin sovib ketishi aholiga transport xizmati koʻrsatishda ham qator muammolarni keltirib chiqarishi sir emas. Natijada haydovchilar tomonidan yoʻl haqlarini oshirish holatlari kuzatilyapti. Baʼzan esa jamoat transportlari yetishmasligi yoʻlovchilarning manzilga oʻz vaqtida yetib bora olmasliklariga sabab boʻlmoqda.

— Bu kabi salbiy holatlarga oʻz vaqtida barham berish maqsadida 10 ta jamoatchilik ishchi guruhi tashkil etilgan boʻlib, ular tomonidan yoʻl haqini oshirgan, maxsus ruxsatnomasiz xizmat koʻrsatayotgan, harakat yoʻnalishini asossiz oʻzgartirayotgan, bir soʻz bilan aytganda, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish tartiblarini buzayotgan haydovchilar aniqlanib, tegishli chora koʻrilmoqda,-deydi Andijon viloyat transport boshqarmasi boshligʻi Oʻtkirbek Mashrabov.

Qolaversa, viloyat markazining oʻzida 2 ta avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalarida 24 soatlik ish tartibi joriy etilib, ular tomonidan jamoat transportlariga xizmat koʻrsatish tashkil etildi. 10 ta chaqiruv taksi xizmati toʻliq ish faoliyatiga oʻtkazildi. Bularning barchasi yoʻlovchilarga sifatli xizmat koʻrsatish imkonini yaratmoqda.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер