Yoʻlni toʻsib oʻynaganlar kim edi?

22:24 09 Oktyabr 2020 Jamiyat
1147 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yana bir toʻy trendi – mashina yoʻlini toʻsib, raqsga tushish...” «Karantin payti 30 kishidan ham ortqizib toʻy qilish u yoqda tursin, serqatnov mashinalar katta yoʻlini toʻsib qoʻyib, yoʻlni oʻrtasida raqs tushishyapti. Tirbandlik yuzaga keldi» nomli videolavha tarqaldi.

Holat yuzasidan Samarqand shahri boʻyicha IIO FMB xodimlari tomonidan zudlik bilan tezkor-profilaktik tekshiruv ishlari olib borildi.

Aniqlanishicha, Samarqand shahrining “Bogʻi baland” MFYda yashovchi, 1980-yilda tugʻilgan D. 2020-yilning 07-oktyabr kuni yashash manzilida qizining nikoh toʻyi marosimini uyushtirgan.

Toʻy marosimi karantin qoidalariga zid ravishda amalga oshirilib, kuyov navkarlar Samarqand shahar Afrosiyob koʻchasi avtomobil yoʻlini toʻsib, transport vositalarining harakatlanishiga toʻsqinlik qilganlar. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

“Toʻy sohiblariga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 54-moddasi 1-qismiga koʻra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Hozirda ushbu holatdagi barcha huquqbuzarlarni aniqlab, qonuniy chora koʻrishlik maqsadida, tezkor-profilaktik tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Barcha huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, qonunlarda belgilangan qatʼiy choralar  koʻriladi” deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер