Yirik savdo majmualari va koʻp tarmoqli supermarketlarda kontrafaktsiz hududlar yaratiladi

14:09 25 Sentyabr 2020 Jamiyat
662 0

Xalq manfaati uchun navbatdagi tashabbus. Endi Oʻzbekiston boʻylab kontrafaktsiz hududlar yaratiladi.

Intellektual mulk agentligi kontrafakt mahsulotlar savdosiga qarshi yangicha tizim ishlab chiqdi. Agentlik tashabbusi bilan respublikadagi yirik savdo majmualari va koʻp tarmoqli supermarketlarda kontrafaktsiz hududlar yaratiladi.

Endi siz kontrafaktsiz hududdan asl brend mahsulot sotib olayotganingizga ishonch hosil qilgan holda bemalol xaridlaringizni amalga oshirishingiz mumkin. Oʻziga ishongan tadbirkorlar hamkorlikka qoʻshilishi va bu borada oʻz takliflarini bildirishi mumkin. Bogʻlanish uchun: 1008 yoki (71) 232-50-50 @ima_monitoring_bot)

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер