“Yilning eng omadsiz” yetakchilari eʼlon qilindi
“Politico” nashri “Yilning eng omadsiz” yetakchilari roʻyxatini eʼlon qildi. Unga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Yil omadsizi” deb topildi.
Tahririyat Putinning ketma-ket uchinchi yil “omadsiz” deb topilishini “Kiyevni uch kunda qoʻlga kiritish” haqidagi vaʼdasi bilan izohlagan.
“2024-yilda vaziyat yomonlashishda davom etdi, chunki Ukraina Rossiya hujumlarini qaytaribgina qolmay, Kurskka hujum operatsiyasi paytida Rossiya hududining bir qismini ham egalladi”, deyiladi maqolada
Shuningdek, bu yilgi roʻyxatga Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Germaniya kansleri Olaf Shols, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban va Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad ham kiritilgan.
Maʼlumot uchun, “Politico” talqini boʻyicha 2024-yilda Yevropaning eng nufuzli odami Italiya Vazirlar Kengashi rahbari Jorj Meloni boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring