Yilning eng faol paralimpiya sportchilari eʼtirof etildi

15:47 05 Dekabr 2019 Sport
1882 0

“Oʻzbekiston“ Xalqaro anjumanlar saroyida 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuniga bagʻishlangan “Bir jamoa” nomli katta bayram tadbiri oʻtkazildi.

Kechada oʻzbek milliy paralimpiya dovrugʻini jahonga yoyishga munosib hissa qoʻshib kelayotgan sportchilar nomlari, shuningdek, hozirgi kunda 15 nafar sportchi kelasi yil Tokioda boʻladigan yozgi Paralimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritgani alohida eʼtirof etildi.

Dastur davomida “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” hamda “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” nominatsiyalari gʻoliblari eʼlon qilindi. Unga koʻra, parakanoe boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Shahnoza Mirzayeva hamda Para atletika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Bobur Omonovlar gʻolib deb topildi.

Bayramda koʻplab mashhur sanʼatkorlarning konsert dasturlari namoyish etildi. 

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Aziz Abduhakimov ishtirok etdi.

Yulduz OʻRMONOVA, “Xalq soʻzi“.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер