Yil boshidan beri 15 903 ta holatda oʻzboshimcha egallangan yerlar aniqlandi — Kadastr agentligi
Illyustrativ foto
Soʻnggi yillarda respublikamizda yer uchastkalaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini taʼminlash, ularni muhofaza qilish, yangi yerlarni oʻzlashtirish hamda qayta muomalaga kiritish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Biroq, hududlarda yer qonunchiligiga rioya qilmaslik, yer uchastkalaridan maqsadsiz va samarasiz foydalanish, jumladan, noqonuniy qurilmalar qurish, shuningdek, yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash holatlari uchrayotganligi achinarli hol.
Joriy yilning 1-oktyabr sanasiga qadar Kadastr agentligining Yer va kadastr nazorati boshqarmasi xodimlari tomonidan 15 903 ta (4 383,4 gektar) holatda yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallash holatlari aniqlandi. Shundan 3 527 ta (3 616,9 gektar) qishloq xoʻjaligi yerlari, 9 589 ta (413,5 gektar) aholi punkt yerlari, 1 446 ta (47,7 gektar) sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlar, 9 ta (1,5 gektar) tabiatni muhofaza qilishga moʻljallangan yerlar, 58 ta (8,7 gektar) tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, 90 ta (34,0 gektar) oʻrmon fondi yerlari, 408 ta (34,2 gektar) suv fondi yerlar, 776 ta (227,0 gektar) zaxira yerlari hisoblanadi.
Mazkur aniqlangan yerlarni oʻzboshimchalik bilan egallagan shaxslarga nisbatan koʻrilgan choralar toʻgʻrisida maʼlumot beradigan boʻlsak, 15 903 ta (4 383,4 ga) holatdan 8 216 ta (2 023,9 ga)si qonun buzilish holatlarini ixtiyoriy bartaraf etilgan, 5 070 ta (1 961,1 ga)si fuqarolik ishlari boʻyicha sudlarga daʼvo arizalari kiritilgan, 716 ta (197,9 ga)siga qoʻshma tartib asosida prokuratura organlariga yuborilgan. Oʻzboshimchalik bilan egallangan yerlarni bartaraf etish yuzasidan 1 404 ta (682,3 ga) holatda sudning hal qiluv qarori qabul qilindi, 3 639 ta (1 277,8 ga) holatda sud jarayoni davom etmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring