Yigʻilishga eng faol 100 dan ziyod eksportchi-tadbirkorlar va logistika korxonalari vakillari qatnashmoqda

16:58 18 Mart 2024 Siyosat
734 0

Prezident raisligida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat tarmoqlarida investitsiyalar va eksportni koʻpaytirish yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Yigʻilishga eng faol 100 dan ziyod eksportchi-tadbirkorlar va logistika korxonalari vakillari taklif qilingan.

Prezident topshirigʻiga muvofiq, ularning muammolari va takliflari oʻrganildi.

Davlatimiz rahbari yigʻilganlarga “soha uchun yana qanday sharoit kerak, joriy yilda qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat eksportini 3,5 milliard dollarga yetkazish uchun nimalar zarur” degan savollarga birgalikda javob topishni taklif qildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер