YHXBB haydovchilarga ogohlantirish bilan chiqdi
Arxiv surat
Respublika hududida ob-havo sharoitining keskin oʻzgarishi, qor yoqishi va avtomobil yoʻllarida muzlamalar hosil boʻlishi, avtomobil yoʻllarida harakat qatnashchilari uchun bir qator noqulayliklar keltirib chiqarishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi yoʻl-transport hodisalari sodir etilishiga sabab boʻlishi mumkinligini inobatga olgan holda, haydovchilardan transport vositasini boshqarish paytida, ayniqsa, dovon yoʻllarida harakatlanishda murakkab ob-havo sharoitini hisobga olishlarini, texnik nosoz transport vositalaridan foydalanmasliklarini soʻragan.
Qayd etilishicha, zarurat boʻlmaganda tungi vaqtlarda harakatlanmaslik, piyodalar yoʻlni kesib oʻtishda oʻta hushyor boʻlishi, kattalardan yoʻllarda bolalarning harakatini nazoratga olishi kerak.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring