Izmirda zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni 49 kishiga yetdi
Turkiyaning Izmir shahridagi zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni 49 kishiga yetdi. Bu haqda mamlakatning favqulodda vaziyatlar boʻyicha boshqarmasi xabar berdi. 830dan ortiq kishi jarohatlangan.
Eslatib oʻtamiz, 30-oktyabr kuni tushdan keyin Turkiyaning gʻarbiy qismida 6,6 balli zilzila sodir boʻlgandi.
Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga mamlakatning gʻarbiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofat — kuchli zilzila oqibatida insonlar qurbon boʻlgani, koʻplab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot koʻrilgani munosabati bilan taʼziya yoʻlladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring