Izmirda halok boʻlganlar soni oshdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda

14:01 31 Oktyabr 2020 Dunyo
1114 0

Bugun tongda tarqatilgan rasmiy maʼlumotlarga koʻra, Turkiyaning Izmir shahridagi zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni 25 kishiga yetdi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.

Shuningdek, jarohat olganlar soni 815 kishini tashkil qilmoqda, 903 nafar kishi vayronalar ostidan qutqarilgan. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Qutqaruvchilar odamlarni vayronalar ostidan izlashda uyali aloqa kompaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanmoqda. Bunda mobil telefon signallari yordam bermoqda.

Eslatib oʻtamiz, kecha tushdan keyin Turkiyaning gʻarbiy qismida 6,6 balli zilzila sodir boʻldi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanga mamlakatning gʻarbiy hududlarida yuz bergan tabiiy ofat – kuchli zilzila oqibatida insonlar qurbon boʻlgani, koʻplab fuqarolar jarohat olgani hamda katta talafot koʻrilgani munosabati bilan taʼziya yoʻlladi.

Oʻzbekistonning Anqaradagi elchixonasi Izmirda halok boʻlgan va yaradorlar orasida Oʻzbekiston fuqarolari yoʻqligini maʼlum qildi. Ayni paytda Anqara va Istanbuldagi oʻzbek diplomatlari Turkiyaning tegishli idoralari bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер