Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabar mutlaqo asossiz — “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ
Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent shahri Shayxontohur tumani «Katta hovuz” mahallasida joylashgan Toshkent issiqlik markazining 3-qozonxonasi xodimlari qurol koʻtarib, muntazam ravishda qushlarga qarata oʻq uzmoqda» mazmunidagi xabarlar tarqatildi.
Ushbu holat yuzasidan “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining Toshkent shahar boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari masʼul xodimlari ishtirokida oʻrganishlar oʻtkazilib, qoʻyidagilar maʼlum qilinadi:
Mazkur xabar mutlaqo asossiz boʻlib, birinchidan, qozonxonalar hududida qurol-yarogʻ ishlatish, olib yurish taʼqiqlangan.
Ikkinchidan, qozonxonalar hududi onlayn-videokuzatuv kameralari vositasida nazorat qilinadi. Oʻrganish jarayonida ushbu holat onlayn-videokuzatuv yozuvlarida ham tasdigʻini topmadi.
Uchinchidan, tarqatilgan foto materiallarda ham holat aniq qayerda va qachon yuz bergani aks etmagan.
“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ filiallari va tizim korxonalari respublikamizda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish borasida olib borilayotgan saʼy-harakatlarni doimo qoʻllab-quvvatlaydi.
Fursatdan foydalanib, ijtimoiy tarmoq egalaridan tasdigʻini topmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, bunday asossiz xabarlar uchun javobgarlik borligini, har qanday savol boʻlsa, jamiyat Matbuot xizmatiga murojaat qilishlarini soʻraymiz" deyiladi “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ Matbuot xizmati rasmiy munosabatida.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring