Ijro intizomi – samaradorlik omili
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 31-maydagi “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ–5132-son qarori bilan ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha yagona va uzluksiz “texnologik zanjir”ni tashkil qilish borasidagi ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida davlat organlari va tashkilotlarining ijro intizomiga masʼul boʻlinmalarining ijro intizomini mustahkamlashdagi rolini oshirish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini belgilash topshirilgan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son Farmoniga asosan davlat organlari va tashkilotlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining nazorat va ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari uchun oʻquv-amaliy seminarlar tashkil etish belgilangan.
Shu munosabat bilan joriy yilning 15-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi binosida “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.
Mazkur tadbirda 30 ga yaqin vazirlik, agentlik, qoʻmita hamda inspeksiyalarda 100 ga yaqin , shuningdek, quyi tashkilot vakillari va hududiy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan 300 dan ortiq ishtirokchilar ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar.
Tadbirda barcha sohalarda hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish va ijro intizomini mustahkamlashga alohida eʼtibor qaratilishi, Oʻzbekiston Respublikasining Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosini belgilangan muddatlarda, toʻlaqonli va sifatli taʼminlash hamda ijro intizomini mustahkamlash yuzasidan barcha darajadagi rahbar va mutaxassislarning shaxsiy masʼuliyati va javobgarligini kuchaytirish zarurligi taʼkidlandi.
Tadbir soʻngida vazirlik va idoralarning ijro intizomiga masʼul tarkibiy boʻlinma xodimlari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olish asnosidi, oʻz taklif va mulohazalarini ham bildirib oʻtdilar.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring