Ijodiy imtihon topshiradigan abituriyentlar 5 ta yoʻnalishni tanlay olmaydimi?

10:05 27 Iyun 2020 Jamiyat
2240 0

Qabul masalalariga bagʻishlangan tadbirda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi boshqarma boshligʻi Abduvali Xoliqov kirish imtihonlarida alohida iqtidor talab qiladigan yoʻnalishda abituriyentlarning nega 5ta yoʻnalishni tanlash imkoni yoʻqligiga izoh berdi.

“Ayni paytda koʻplab abituriyentlardan alohida iqtidor talab qiladigan yoʻnalishlarda ham nega 5ta yoʻnalish tanlash mumkin emas, degan savol kelib tushmoqda. Buning oʻziga xos sabablari bor. Asosiy sabab – ijodiy yoʻnalishlarning har birida abituriyentdan oʻziga xos iqtidor talab qilinishi bilan bogʻliq”, – dedi Adbuvali Xoliqov.

Vazirlik vakilining qoʻshimcha qilishicha, alohida iqtidor talab qiladigan yoʻnalishlar uchun imtihon toʻgʻridan toʻgʻri OTMlarda oʻtkaziladi va bu sinovlarda OTMlardagi komissiyalar qoʻygan ballar abituriyentning talabalar safiga qabul qilinishiga asos boʻladi.

Ularni baholashda inson faktori ishtirok etadi va hamma yerda oʻziga xos baholash mezonlari boʻladi.

Maʼlumot uchun, qabul faqat ijodiy (kasbiy) imtihonlar asosida boʻladigan 132ta yoʻnalishdan tashqari, oʻqishga kirishda ham ijodiy imtihon, ham test topshiriladigan 13ta yoʻnalishda ham bir vaqtning oʻzida 5ta yoʻnalishni tanlash imkoniyati yoʻq.

Eslatib oʻtamiz, test topshirilmaydigan, alohida iqtidor talab etiladigan taʼlim yoʻnalishlari uchun imtihonlar oʻtkazilishi sanasi 25-iyuldan 10-avgustgacha etib belgilangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер