Ijarada turgan talabalar uchun davlat byudjetidan ajratiladigan yagona aniq summa belgilanmoqda
Foto: Arxiv surat
2021-yil 1-maydan boshlab yotoqxona bilan qamrab olinmagan va oʻziga, shu jumladan ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli boʻlmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining 60 foiziga ular tomonidan toʻlanadigan oylik ijara toʻlovining 50 foizi Davlat byudjeti hisobidan qoplab berilishi belgilangandi.
Ayni damda ushbu tartibga oʻzgartirishlar kiritilib, ijarada turgan talabalar uchun yagona aniq summa belgilanmoqda. Bunda ijara puli:
— Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (330 ming soʻm);
— qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining 0,5 baravari (165 ming soʻm) miqdorida davlat tomonidan qoplanadi.
Yaʼni, masalan, talaba Toshkentdagi biror xonadonda kursdoshlari bilan birga 600 ming soʻmdan ijarada tursa, shuning 330 ming soʻmi davlat tomonidan qoplanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring