Izboskan tumanidagi masjidda roʻy bergan baxtsiz hodisa boʻyicha Hukumat komissiyasi tuzildi
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi masjidda roʻy bergan baxtsiz hodisa boʻyicha Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi. Bu haqida Bosh vazir matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov maʼlum qildi.
Unga koʻra, Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi masjid hududida roʻy bergan baxtsiz hodisa oqibatida halok boʻlgan fuqarolarning oila aʼzolariga har tomonlama koʻmaklashish hamda jabrlangan fuqarolarga tez tibbiy yordam koʻrsatish, ushbu baxtsiz hodisaning kelib chiqish sabablarini oʻrganish, shuningdek, bu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi qabul qilindi.
Maʼlum qilinishicha, mazkur farmoyish bilan Bosh vazir oʻrinbosari Ochilboy Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan.
Maʼlumot uchun, mazkur baxtsiz hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro M. Abdullayev, J. Anvarov va B. Burxonovlar halok boʻlgan, 10 nafar fuqaro Gʻ. Toyloqov, A. Abdirayimjonov, H. Zuxriddinov, I. Raximov, M. Mamaturaimo v, I. Shomurodov, K. Qosimov, U. Boltaboyev, M. Abduraxmonov va M. Boltaboyevlar tan-jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring