Italiyalik shifokor “COVID-19” ustidan gʻalaba qozonilganini maʼlum qildi. Uning fikricha, endi koronavirusning taʼsiri avvalgidek qoʻrqinchli emas

17:47 01 Iyun 2020 Dunyo
1140 0

“COVID-19” virusi endi klinik jihatdan mavjud emas. Soʻnggi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, koronavirus oʻz taʼsirini deyarli yoʻqotmoqda. Bu haqda Italiyaning San-Raffael shahri kasalxonasining bosh shifokori Alberto Zangrillo televideniyedagi chiqishida maʼlum qildi.

Shifokorning soʻzlariga koʻra, koronavirus pandemiyasi tez orada pasayadi. Shu bois yangi bemorlar kasallikni yengil shaklda oʻtkazishadi.

Atlantadagi Emori hamda Virusologiya institutida oʻtkazilgan tadqiqotlar davomida shifokorlar oxirgi 10 kun davomida bemorlardan olingan tahlillarni tekshirishgan holda virusning taʼsir kuchi ancha susayganini qayd etishgan.

“Haqiqatan ham endi virus Italiyada klinik jihatdan mavjud emas. Men ushbu bayonotga imzo qoʻyishga ham tayyorman. Vaholanki, ikki oy oldin virusning kuchi hozirgi kabi emasdi”, deydi shifokorlardan biri.

Shunga qaramay mutaxassislar kasallik ustidan gʻalaba qozonilganini ilmiy dalillarini kutishga chaqirishgan.

Virusologlar joriy yilning kuzida koronavirus pandemiyasining ikkinchi toʻlqini qaytadi degan fikrni ilgari surishmoqda.

Izohlanishicha, kuzda nafas yoʻllari kasalliklari tarqalishi boshlaydi. Shifokorlarning fikriga koʻra, ushbu davrda koronavirus qoʻzgʻatuvchisi yangi kuch bilan faollashishi mumkin.

Pandemiyaning ikkinchi toʻlqini qattiq karantin choralari joriy qilingan mamlakatlarga taʼsir qilishi kutilmoqda. Virusologlarning fikriga koʻra, bunday mamlakatlarda “COVID-19”ga qarshi jamoaviy immunitet hali toʻliq shakllanmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер