Italiyada xakerlar Soliq maʼmuriyatining maʼlumotlarini oʻgʻirlashdi
Foto: Ria Novosti
“RIA NOVOSTI”ning xabariga koʻra, joriy yilning 25-iyul kuni “Lockbit” nomli xakerlar guruhi tomonidan Italiya davlatiga tegishli boʻlgan Soliq idorasining maʼlumotlar bazasiga buzib kirish oqibatida 78 GB.ga yaqin maʼlumotlari yoʻqotilgan.
Aniqlanishicha, xakerlar Italiya rasmiylariga toʻlov toʻlash uchun besh kun muddat bergan, aks holda berilgan muddatda aytgan pullarini toʻlashmasa oʻzlarida mavjud maʼlumotlar “Korporativ hujjatlar, Moliyaviy hisobotlar va shartnomalar”ni qoʻlga kiritgan barcha fayllarini ijtimoiy tarmoqqa eʼlon qilish bilan tahdid qilgan.
Voqea holatlari yuzasidan Italiya Ichki ishlar vazirligining Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi tomonidan “Lockbit” nomli guruh vakillarini aniqlash boʻyicha tergov harakatlari olib borishmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring