Italiyada 2019-yilning noyabr oyidayoq koronavirusning ilk holati qayd etilgani tasdiqlandi

23:58 09 Dekabr 2020 Dunyo
876 0

Italiyada 2019-yil noyabr oyida salomatligi yomonlashib kasalxonaga olib kelingan bolaning tahlillarida koronavirus aniqlandi. Bu haqda “ANSA” axborot agentligi xabar bermoqda.

Milan davlat universiteti tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, bolada infeksiyaning birinchi alomatlari 2019-yil 21-noyabrda paydo boʻlgan. Biroz vaqt oʻtgach u kasalxonaga olib borilgan. Bir necha kundan keyin uning terisida toshmalar paydo boʻlgan. Shifokorlar bolaga qizamiq tashxisini qoʻyishgan.

Koronavirus epidemiyasi Italiyada rasman 2020-yil fevral oyi oxirida boshlangan.

Biroq olimlarning taʼkidlashicha, bu kasallik Italiyaning shimolida oldinroq paydo boʻlgan. Chunki 2019-yilning dekabr oyining oʻrtalarida olingan namunalarda Milan shahridagi chiqindi suvlarda koronavirus izlari topilgan.

Italiyada epidemiya boshlangandan beri ushbu infeksiya bilan zararlanganlar soni 1,7 million nafarga yetdi. Uning oqibatlari tufayli 61 mingdan ortiq odam hayotdan koʻz yumgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер