IT xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3-3,5 foizga teng

18:32 18 Dekabr 2023 Siyosat
389 0

Yana bir tez oʻsib borayotgan soha bu – xususiy taʼlim va tibbiyot xizmatlari.

Bu sohalar imkoniyatini toʻliq ishga solish uchun tadbirkorlarga aholiga yaqin, kompleks xizmatlar koʻrsatish imkoni bor joylardan yer berish mumkinligi taʼkidlandi.

Shu bois mutasaddilarga boʻsh yerlarni aniqlab, xususiy tibbiyot va taʼlim tashkilotlarini tashkil etish uchun faqat ixtisosligi boʻyicha auksionga chiqarish topshirildi.

Yigʻilishda IT xizmatlarining yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 3-3,5 foizga teng ekani, bu boradagi imkoniyatlar hali toʻliq ishga solinmagani koʻrsatib oʻtildi.

Kelgusi yilda tarmoqda kamida 30 foiz oʻsishni taʼminlab, xizmatlar hajmini 41 trillion soʻmga yetkazish, eksportni 2 karra oshirish muhimligi qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер