IT xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollargacha oshirish reja qilingan

17:35 22 Fevral 2023 Siyosat
1049 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida raqamlashtirish boʻyicha 2023-yilgi vazifalar va rejalarga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilgan ishlar yetarli emasligini, IT xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollargacha oshirish reja qilinganini qayd etdi.

Buning uchun:

— kamida 100 ming nafar malakali dasturchi, IT arxitektorlari, operatorlari va muhandislari kerakligi;

— hududlarda yuqori tezlikdagi internet va mutaxassislar uchun shart-sharoitlarni kengaytirish lozimligi;

— xorijiy IT kompaniyalar koʻpayishi uchun yanada qulay muhit yaratish zarurligi;

— zamonaviy IT kasblarga oʻqitish tizimini yaratish kerakligi;

— aholi va tadbirkorlar uchun eng zarur boʻlgan kamida 200 ta yangi elektron xizmatlarni ishga tushirish  shartligini koʻrsatib oʻtdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер