Isteʼmol uchun xavfli mahsulotlar ishlab chiqarganlar 12 yilgacha qamaladi

10:27 27 Noyabr 2023 Jamiyat
300 0

Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.

Unga ko‘ra, isteʼmolchilarning hayoti yoki sog‘lig‘i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan tovarlarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab ishlab chiqarganlik, saqlaganlik, tashiganlik yoxud o‘tkazganlik, ishlarni bajarganlik yoki xizmatlarni ko‘rsatganlik uchun 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Jinoyat kodeksiga ayni mazmundagi o‘zgartirish kiritilgan. Ilgani bunday jinoyat uchun faqat jarima, majburiy jamoat yoxud axloq tuzatish ishlari jazolari berilishi ko‘zda tutilgandi.

Qonunga muvofiq isteʼmol uchun xavfli mahsulotlar juda ko‘p miqdorda ishlab chiqarilsa yoxud:

badanga o‘rtacha og‘ir yoxud og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa;

bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib amalga oshirilsa;

takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin.

Xuddi shu harakatlar:

odam o‘lishiga sabab bo‘lsa 5 yildan 7 yilgacha (ilgari 3 yildan 7 yilgacha edi) ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi.

Ushbu harakatlar:

odamlar o‘limiga;

boshqacha og‘ir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, 7 yildan 12 yilgacha (ilgari 7 yildan 10 yilgacha edi) ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер