Istanbuldan Urganchga ilk parvoz amalga oshiriladi
Joriy yilning 11-iyun kuni «Turk havo yoʻllari» aviakompaniyasi orqali Istanbuldan Urganchga ilk parvozni amalga oshiradi. Bu haqda Turkiyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi maʼlum qildi.
Uchish va qoʻnish mahalliy vaqt bilan: Istanbul-Urganch yoʻnalishi boʻyicha uchish 02:10, qoʻnish 07:55. Samolyot qoʻnganidan keyin tantanali kutib olish marosimi oʻtkaziladi. Urganch-Istanbul qaytish safari esa mahalliy vaqt bilan: uchish 09:15, qoʻnish 11:35 vaqtida amalga oshiriladi.
Avvalroq Istanbuldan Fargʻonaga ilk parvoz amalga oshirilgani haqida xabar bergan edik.
Maʼlumot uchun: «Oʻzaviatsiya» agentligi tomonidan 2021-yil 15-aprelda Turkiyaning «Turkish Airlines» aviakompaniyasiga “Istanbul —Urganch — Istanbul” va “Istanbul — Fargʻona — Istanbul” yoʻnalishlarida mamlakatimizga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring