Istanbulda kuchli boʻron oqibatida odamlar halok boʻlmoqda (foto va video)
Foto: NTV
Turkiyaning Istanbul shahrida kuchli boʻron oqibatida toʻrt kishi halok boʻldi. 19 kishi jarohat olgani aytilmoqda. Bu haqda bugun, 29-noyabr kuni NTV telekanali xabar berdi.
Qayd etilishicha, Turkiyaning janubi-gʻarbiy qismida dovul jarayonlari davom etmoqda. Koʻpgina hududlarda boʻron tufayli tomlar qulab, inshootlarni vayron boʻlmoqda. Istanbuldagi eng katta soat minorasi qulab tushdi.
Rasmiylarning xabariga koʻra, boʻron tufayli Bosfor boʻgʻozida kemalar harakati toʻxtatildi. Shuningdek, Turkiyaning oltita samolyoti Istanbulga qoʻna olmagani sababli Izmir va Anqaraga yoʻnaltirildi.
Turkiya meteorologiya bosh boshqarmasi kuchli shamol kuzatilishi mumkin boʻlgan 17ta viloyat nomlarini eʼlon qildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring