Istanbulda 6,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi
Illyustrativ foto
Bugun, 23-aprel kuni Turkiyaning Istanbul shahrida 6,2 magnitudali zilzila sodir boʻldi. AFAD veb-saytida maʼlum qilinishicha, silkinish 10 soniya davom etgan.
Qayd qilinishicha, yer silkinishlari mahalliy vaqt bilan 12:49 da sodir boʻlgan. Zilzila oʻchogʻi 10 kilometr chuqurlikda joylashgan.
Bir qator OAV Istanbuldagi silkinishlardan 36 daqiqa oldin Silivri shahri qirgʻogʻidagi Marmara dengizi akvatoriyasida ham 3,9 magnitudali zilzila kuzatilgani haqida yozmoqda. Zilzila yaqin atrofdagi hududlarda ham sezilgan.
Hodisalar fonida Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi Turkiyada boʻlib turgan barcha vatandoshlarni ogohlantirib, osoyishta boʻlishga, rasmiy manbalar orqali tarqatilayotgan maʼlumotlarni kuzatib borishga hamda xavfsizlik choralariga rioya qilishga chaqirdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring