Issiqxonalar oʻrnatish uchun subsidiyalar ajratiladi

15:36 19 May 2020 Iqtisodiyot
2625 0

“Tomorqa yer egalarini qoʻllab-quvvatlash va aholi bandligini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Qarorga muvofiq, 2020-yil 20-maydan boshlab Bandlikka koʻmaklashish davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan quyidagi miqdorda subsidiyalar ajratiladi:

— aholi bandligiga koʻmaklashish markazi, yetkazib beruvchi tashkilotlar va tomorqa yer egalari oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnomalar asosida: 

  • yengil konstruksiyali issiqxonalar oʻrnatish uchun – BHMning 30 baravarigacha;
  • sugʻorish vositalari xarid qilish uchun – BHMning 10 baravarigacha;
  • urugʻlik va koʻchatlar sotib olish uchun – BHMning 3 baravarigacha;

— qishloq xoʻjaligi kooperativlari ustav fondiga ulush sifatida kiritishi uchun - BHMning 10 baravarigacha (bunda, qishloq xoʻjaligi kooperativlari baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, asalarichilik, meva-sabzavotchilik, uzumchilik, tikuvchilik, hunarmandchilik va boshqa ilgʻor sohalarda tashkil etiladi).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер