Isroillik fermer yetishtirgan qulupnay Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi
Foto: edition.cnn.com
Isroilda mahalliy fermerlardan biri yetishtirgan qulupnay Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
Fermer Chaxi Ariyel yetishtirilgan ushbu qulupnayning ogʻirligi 289 gramm teng boʻlgan. Ushbu qulupnayning navi «Ilan» boʻlib, u odatiy namunalardan oʻrtacha besh baravar katta.
“Rekordchi” qulupnayning uzunligi 18 santimetr, aylanasi esa 34 santimetrni tashkil etgan. Rekordlar kitobi veb-saytida aytilishicha, 2021-yil boshidagi gʻayrioddiy sovuq ob-havo qulupnayning pishish jarayonini sekinlashtirib, uning vazn orttirishiga imkon bergan.
Maʼlumot uchun, bu boradagi avvalgi rekord 2015-yilda yaponiyalik fermer tomonidan yetishtirilgan qulupnay (250 gramm)ga tegishli edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring