Isroilda 10 kishidan koʻp boʻlib toʻplanish taqiqlandi
Foto: www.google.com
Isroil OAV maʼlumotlariga koʻra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu kamida 5 haftaga kafe, bar, koʻngilochar markazlar yopilishini eʼlon qildi. Shu bilan birga, dorixonalar, supermarketlar va AYOQSHlar ishlashda davom etadi.
Yangi cheklovlar 15-martdan joriy qilindi.
“Biz koʻrinmas dushmanga qarshi kurashmoqdamiz. Gʻalaba har biringiz koʻradigan qadamga bogʻliq. Biz virus yuqtirmaslik va unga chalinmaslik uchun barcha ishni qilishimiz lozim”, deb aytgan Netanyaxu.
“Bizda yetarli miqdorda oziq-ovqat bor. Supermarketlar ishlashda davom etadi, oziq-ovqat bilan muammolar boʻlmaydi”, deb qoʻshimcha qilgan Isroil bosh vaziri.
U fuqarolardan imkoni boricha uydan chiqmaslikni, chiqishsa ham bir-biridan kamida 2 metr masofa saqlashni iltimos qilgan.
Bundan tashqari, bosh vazir 10 kishidan koʻproq boʻlib toʻplanishni taqiqlagan.
Avvalroq Isroilda maktablar va oliy taʼlim muassasalari yopilishi eʼlon qilingandi. 12-martdan Isroilga keluvchi barcha uchun 14 kunlik karantin kiritilgan.
Oxirgi maʼlumotlarga koʻra, Isroilda koronavirusga chalinganlar soni 195 nafarga yetgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring