Isroil hujumlari oqibatida soʻnggi 24 soat ichida Gʻazoda 46 kishi halok boʻldi
Foto: AP
Soʻnggi 24 soat ichida Isroilning Gʻazo sektorini bombardimon qilishi oqibatida 46 kishi halok boʻlgan. Bu haqda “Al-Jazira” telekanali xabar berdi.
Telekanal xabariga koʻra, Xon Yunis va Gʻazo shaharlari bombardimon qilingan, zarbalar, shuningdek, turar-joy binolari va qochqinlar chodirlariga ham berilgan. Oʻnlab odamlar yaralangan.
Falastin tibbiy manbalari avvalroq xabar qilganidek, Isroilning Gʻazo sektoriga hujumlari 18-mart kuni qayta boshlanganidan beri qurbonlar soni 1,3 ming kishidan oshdi, yana uch mingdan ortiq kishi jarohat oldi.
Shu yilning 18-martga oʻtar kechasi Isroil mudofaa kuchlari Gʻazo sektoriga zarbalarni qayta boshladi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyahu hujumlar HAMAS AQSHning sulhni uzaytirish va garovga olinganlarni ozod qilish rejasini qabul qilishdan bosh tortgani sabab boshlanganini aytdi.
Oʻz navbatida, HAMAS siyosiy byurosi aʼzosi Izzat al-Rishk esa Netanyahuning urushga qaytish qarori Gʻazo sektoridagi isroillik garovga olinganlarga oʻlim jazosi berilishini anglatishini taʼkidladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring