Isroil Gʻazodagi BMT maktabiga havo zarbasi yoʻlladi
Foto: AFP
Rahimova Nodira / OʻzJOKU talabasi. Isroil harbiy samolyoti Gʻazo markazidagi Nuseyrat qochqinlar lageridagi maktabga ikkita raketa zarbasini yoʻllagan. BMTga qarashli maktabga uyushtirilgan hujum oqibatida 35 kishi halok boʻlgani aytilmoqda. Bu haqda falastinlik mahalliy jurnalistlar «BBC»ga maʼlum qildi.
Isroil harbiylari « HAMAS majmuasi» joylashgan BMT maktabiga zarba berganini maʼlum qilgan. HAMAS tomoni esa bu yerda qoʻmondonlik punkti joylashganini rad etdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda vayron boʻlgan sinfxonalar va kafanga oʻralgan jasadlar aks etgan tasvirlarni koʻrish mumkin. «Urush yetadi! Biz oʻnlab marta koʻchirildik. Bolalarimizni uxlab yotganlarida oʻldirishdi», — deb qichqirdi hujumda yaralangan gʻazolik ayol.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring