Isroil Erondagi “Talekan” yadroviy markaziga zarba berilganini maʼlum qildi

21:27 12 Mart 2026 Dunyo
328 0

Isroil Mudofaa armiyasi (SAHAL) Eron poytaxtidagi “Talekan” obyektiga zarba berilgani haqida xabar berdi.

Hujum Tehronga qarshi yakunlangan zarbalar toʻlqini doirasida soʻnggi kunlarda amalga oshirilgan. Zarba Isroil harbiy razvedkasining nishonni koʻrsatishi asosida Harbiy havo kuchlari tomonidan berilgan.

Daʼvo qilinishicha, “Talekan” obyekti soʻnggi yillarda zamonaviy portlovchi moddalarni ishlab chiqish va Eronning yadro qurolini yaratish boʻyicha maxfiy “Amad” loyihasi doirasida tajribalar oʻtkazish uchun foydalanilgan.

Taʼkidlanishicha, ushbu zarba Isroil kuchlari Eron yadro dasturi infratuzilmasiga qarshi harakat qilayotgan “Naʼra tortuvchi sher” (Рычащий лев) operatsiyasining bir qismi hisoblanadi.

“Ushbu hujum rejimni yadro quroliga erishish uchun zarur boʻlgan asosiy komponentlardan mahrum qilishga qaratilgan davomli harakatlarning yana bir halqasidir”, — deyiladi bayonotda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер