Ispaniyaning bir qator vazirlariga ichida oʻq va pichoq boʻlgan konvertlar yuborilmoqda

09:42 27 Aprel 2021 Dunyo
1044 0

Ispaniyaning sanoat, savdo va turizm vaziri Reyes Marotoga ichida qonli pichoq boʻlgan konvert yuborilgan. Bu haqda “Radio y Televisión Española” (RTVE) xabar bermoqda.

Konvertda har xil oʻlchamdagi qizil dogʻlar boʻlgan pichoqdan tashqari CD ham boʻlgan. Shu bois pochta skaneri orqali uning ichidagi narsalarni aniq koʻrishni imkoni boʻlmagan. Shuningdek, konvertda qoʻlda yozilgan bitiklar ham boʻlgan, ulardan aynan nima yozilgani oshkor etilmagan.

“Tahdid va zoʻravonlik hech qachon demokratiya ovozini oʻchirmaydi. Erkinlik gʻalaba qozonadi”, degan Maroto ushbu voqeadan keyin.

Ispaniya Ichki ishlar vazirligi jinoyatchilarning shaxsini aniqlashga kirishgan. Qoʻshimcha tahlil qilish uchun konvert ichidagi narsalar politsiya tomonidan musodara qilindi.

Avvalroq, shunga oʻxshash joʻnatmalar Ichki ishlar vaziri Fernando Grande Marlaska, Fuqarolik gvardiyasi boshligʻi Mariya Games va “Podemos” partiyasi yetakchisi Pablo Iglesiasga ham yuborilgan edi.

RTVE xabariga koʻra, ularga pochta orqali oʻqlar, shuningdek shoshilinch ravishda oʻz lavozimlarini tark yetishga chaqiriq va oʻzlari hamda qarindoshlarining hayoti, sogʻligʻiga tahdid soluvchi bitiklar yuborilgan.

Iglesias konvert ichidagi narsalar fotosuratini eʼlon qildi Unda oʻq bilan birga unga quyidagi matn aks etgan: “Siz bizning ota-onalarimiz va bobolarimizning oʻlishiga yoʻl qoʻydingiz. Xotiningiz, ota-onangiz va sizga oʻlim jazosi berildi. Vaqt tugamoqda”.

Shu bilan birga, joʻnatuvchi haqida maʼlumot faqat Maroto uchun moʻljallangan oxirgi konvertda koʻrsatilgan. Taʼkidlanishicha, rasmiylar mansabdor shaxslarning xavfsizligini taʼminlash choralarini kuchaytiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер