Islom taraqqiyot banki prezidenti Oʻzbekiston hukumatiga minnatdorchilik bildirdi 

17:49 02 Sentyabr 2021 Iqtisodiyot
1423 0

Toshkent shahrida Islom taraqqiyot banki Boshqaruv kengashining 46-yillik anjumani boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergandik.

Unda Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Al-Jassir quyidagi fikrlarni bildirib oʻtdi:

"Islom taraqqiyot bankining xususiy sektor forumiga xush kelibsiz.

Bir yarim yil ichida birinchi marta shaxsan uchrashish haqiqatan ham muhim voqea.

Oʻzbekiston hukumatiga ushbu yillik yigʻilishlarni mana shunday qiyin sharoitda oʻtkazgani uchun minnatdorchilik bildiraman.

Bu forum IsDB guruhining uchta xususiy sektor subyektlari faoliyatini yoritib beradi, ularning maqsadi - aʼzo davlatlar iqtisodiyotiga xususiy sektor hissasini oshirishdir.

Har uch tashkilotning ham Oʻzbekistonda, ham MDH hududida faoliyat yuritayotganidan faxrlanaman.

Bugungi forum biznes, moliya va hukumat vakillariga biznes imkoniyatlarini bogʻlash va oʻrganish uchun noyob imkoniyat beradi.

Xususiy sektor subyektlarining dasturlari IsDB guruhining aʼzo davlatlarimizdagi COVID-19 iqtisodiy inqiroziga javob berish uchun moʻljallangan 4.56 milliard dollarlik Strategik tayyorgarlik va chora-tadbirlar dasturining ajralmas qismi hisoblanadi.

Jumladan, pandemiyadan soʻng dunyodagi global makroiqtisodiy vaziyat haqida soʻz yuritmoqchiman:

COVID-19 dunyoni chuqur retsessiyaga olib keldi. XVJ 2021-yilda jahon yalpi ichki mahsuloti 6 foizga oʻsishi kutilsada, afsuski, tiklanish barqaror emas, chunki iqtisodiyoti zaif va dunyo aholisining kambagʻal qatlamlari katta zarar koʻrdi.

Bu bizning aʼzo davlatlarimiz uchun ham amal qiladi, chunki koʻpchilik kam rivojlangan davlatlar qatoriga kiradi.

Bizning aʼzo davlatlarimiz ham juda yosh aholiga ega; shu bilan birga, yoshlar ishsizligi 26,7 foizni tashkil qiladi.

Xususiy sektor yoshlarga umid baxsh etish uchun barqaror ish oʻrinlarini yaratishda muhim rol oʻynaydi.

Biroq 7,3 trln. AQSH dollaridan oshishi kutilayotgan IsDB ga aʼzo mamlakatlarning yalpi ichki mahsuloti mintaqaviy savdo va sarmoya oqimlari uchun imkoniyat yaratishi kerak.

2020-yilda 1,7 foizga pasayishiga qaramay, iqtisodchilarimiz 2021-yilga kelib aʼzo mamlakatlarda YAIM 4,4 foizga oʻsishini taxmin qilmoqdalar.

Xususiy sektor subyektlari bilan batafsil tanishtirib oʻtsam:

Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash boʻyicha Islom korporatsiyasi (ICIEC) 27 yillik isbotlangan tajribaga ega, tijorat krediti va investitsiyalarni qayta sugʻurtalash hamda loyihalar uchun kafolatlar beradi.

U barqarorlik va SDGni yaxshilash uchun kapitalni yoʻnaltirishga qaratilgan.

ICIEC tashkil etilganidan buyon 78 milliard AQSH dollariga yaqin eksport kredit xizmatlari, siyosiy va loyihaviy sugʻurta yordamini koʻrsatdi. Shundan 2,6 milliard AQSH dollari MDH mamlakatlariga yuborilgan.

ICIEC 14 yildan beri barqaror istiqbolga ega Moodyʻs reytingining eng yuqori reytingiga ega (Aa3).

Xususiy sektorni rivojlantirish boʻyicha Islom korporatsiyasi (ICD) moliyaviy yoʻnalishlar, muddatli moliyalashtirish, oʻz mablagʻlarini moliyalashtirish, aktivlarni boshqarish va Sukuk maslahat xizmatlari kabi Shariatga muvofiq keng koʻlamli moliyalashtirish takliflariga ega.

ICD, shuningdek, ish oʻrinlarini yaratish uchun ajralmas sektor boʻlgan KOʻBga likvidlilikni taʼminlash orqali barqarorlik va SDGga eʼtibor qaratadi.

ICD oʻz tarixi davomida aʼzo mamlakatlarda 500 ga yaqin loyihalar uchun 6,8 milliard AQSH dollaridan ortiq mablagʻni maʼqullagan.

ICD MDH mamlakatlarida juda faol boʻlib, toʻgʻridan toʻgʻri va bilvosita 600 million AQSH dollaridan koʻproq mablagʻ kiritdi, asosan Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon va Tatariston davlatlariga.

Xalqaro islom savdosini moliyalashtirish korporatsiyasi (ITFC) aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi savdoni rivojlantirishdan iborat.

U savdo-sotiqning shariat qoidalariga muvofiq moliyalashtirilishi, savdoni rivojlantirish dasturlari, hukumat tuzilmalari va xususiy sektorga kadrlar tayyorlash va salohiyatini oshirish xizmatlarini oʻz ichiga olgan savdo yechimlarini taklif qiladi.

2008-yildan beri ITFC IHTga aʼzo davlatlarga 55 milliard AQSH dollaridan ortiq mablagʻ ajratdi, bu esa uni ushbu geografiyalarda savdo yechimlarining yetakchi provayderiga aylantirdi.

MDH mintaqasida ITFC davlat tashkilotlari, korporatsiyalar va kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 1,2 milliard dollardan ziyod savdo moliyalashtirishni kengaytirdi.

ICIYEC, ICD va ITFC kabi barcha subyektlar katalizator vazifasini bajaradi: ular sarmoya kiritgan har bir dollar xususiy sektor tomonidan koʻproq faollik va investitsiyalarni keltiradi.

Va nihoyat, IsDB guruhining THIQAH biznes forumi - bu aʼzo davlatlar oʻrtasida transchegaraviy investitsiyalar va savdoni ragʻbatlantiruvchi guruh tashabbusidir.

U IsDB guruhi va aʼzo mamlakatlardagi xususiy sektor firmalari bilan aloqani osonlashtirishga tayyor.

Men sizni bugun bu yerda namoyish etiladigan jamoaviy nou-xaudan foydalanishga taklif qilaman.

Sizning hissalaringiz muhim, chunki siz hammangiz oʻz mamlakatlaringizda xususiy sektor ekotizimlarining rivojlanishiga taʼsir qilasiz.

Xususiy sektor iqtisodiyotni qayta ishga tushirish, kerakli ish oʻrinlarini yaratish va pandemiyadan keyingi dunyoda vaziyatni yaxshilashda katta rol oʻynaydi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер