Islom taraqqiyot banki Oʻzbekistonda maktablarni qurish va taʼmirlash uchun mablagʻ ajratadi
Bu haqida Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri hamda Islom Taraqqiyot Banki mutasaddilari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda aytildi.
Uchrashuv davomida tomonlar Islom taraqqiyot banki tomonidan ajratilishi rejalashtirilayotgan mablagʻdan foydalanishda asosiy vazifalarni belgilab olindi.
Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda yurtimizda faoliyat koʻrsatayotgan 10 ming 104 ta maktab 5,2 million oʻquvchi oʻrniga ega boʻlsada, amalda ushbu maktablarda 6,3 million oʻquvchi tahsil olmoqda.
Taʼmirtalab maktablar soni 1 ming 250 tani tashkil etadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring