Islohotlar dasturining ustuvor yoʻnalishlari koʻrib chiqildi

20:34 23 Iyun 2023 Siyosat
849 0

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 23-iyun kuni iqtisodiy taraqqiyot, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha maslahatchi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturining ustuvor yoʻnalishlari, shu jumladan sogʻliqni saqlash, taʼlim, suv taʼminoti sohalaridagi yangilanishlar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekistonda investitsiya va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Yurtimizda Xalqaro tijorat sudi faoliyatini yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlarning borishi hamda Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlish yuzasidan muzokaralar jarayoni muhokama qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер